bannerbannerbanner
LaTeX ga kirish. Darslik

Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov
LaTeX ga kirish. Darslik

Nazorat savollari

1. \documentclass {article} vazifasi nima?

2. \usepackage qanday buyruq?

3. Hujjatda \begin {document} nimani ko’rsatadi?

4. «%» simvol nima uchun qo’llaniladi?

Topshiriqlar

1. «Karimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi» matnini xosil qilish hujjatini tashkil etib natija oling.

2. «Karimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi» matnini xosil qilish hujjatiga komentariya kiritishi o’rganing.

3. «Karimjon supermarketga kirdi va quydagilarni harid qildi: 2 kg olma, 3 kg kartoshka, 1 kg guruch» matnini kiritib mahsulotlar alohida alohida qatorlarda yozilishini tashkil eting.

4. Uchinchi topshiriqdagi matn tarkibiga komentariya kiritilishini tashkil eting.

2.3.2. Matn tarkibida simvollarni chop etilishini tashkil etish

Misol: Hujjatda quyidagi o‘zgarishni amalga oshiramiz.

\begin {document}

Қуйдагиларда нимада фарқ?

\$1 и \$ 1?

\end {document} Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:

«$1 и $ 1?»

E’tibor qarating: «\» simvol buyruq ushbu xolatda simvolni probel e’tiborga olgan xolatda chop etishni tashkil etmoqda.

2.3.3. \slshape buyrug’i

Misol:

\begin {document}

\slshape Каримжон буйи кичик

\slshape ва жуда камгап

уни тарбиялаш керак.

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:


E’tibor qarating: \slshape buyrug’i o‘zidan keyingi simvollarga ta’sir ko‘rsatadi. U satirlar almashishini e’tiborga olmaydi va ta’sirini keyingi buyrug’igacha saqlaydi.

2.3.4. Probel qo‘yish buyrug’i

Matn tarkibida probel qo‘shish uchun {} simvollini qo‘yish yetarli. Bu buyruq nixoyasi deb tushinilib, probel qo‘shiladi. Matnlar bir biriga qo‘shilib ketmaydi. Misol:

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш

\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш

\begin {document}

Ўрганиш \LaTeX\ ни осонроқ,

\TeX га нисбатан. Инсон,

Қайсики

\TeX {} тизимни билса ва уни севса, уни

\TeX чи деб аташ мумкин.

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:



E’tibor qarating: simvol {} probel qoldirish imkonini berdi (matn qo‘shilib ketmadi).Qayerda simvol {} qo‘yilmagan bo‘lsa matnlar qo‘shilib ketdi.

Nazorat savollari

1. So‘zlar oralig‘ini qanday boshqarish mumkin?

2. Bo‘sh joylarni boshqarish buyruqlarini tushirtiring.

3. LaTeX da paragraf qanday tashkil yetilgan?

4. Kegel nimani bildiradi?

5. So‘zning uzatilishini qanday nazorat qilish mumkin?

Topshiriqlar

1. «Salimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi va „5“ baxolar oldi» matnini xosil qilish hujjatini tashkil etib simvolni chop etish texnologiyasidan foydalaning.2. «Karimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi» matnini xosil qilish hujjatigda «keldi» va «qatnashdi» so’zlarini boshqa shrifda chop etilishini tashkil eting.3. «Karimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi» matnini xosil qilish hujjatigda «keldi» va «qatnashdi» so’zlarini oldi tomonida 5 tadan probel qoldirishni tashkil etib chop etilishini tashkil eting.

2.3.5. Buyruqlarni ta’sir doirasini belgilash

Buyruq ta’sir doirasini belgilash uchun «gruppa» tushinchasi kiritilgan. U yordamida matn tarkibidagi buyruq ta’sir zonasi belgilanadi. Hozir gruppa kiritilmagan xoldagi misolni ko‘ramiz:

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш

\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш

\begin {document}

Ярим қора бошланади

\bfseries сўз билан.

Яна \mdseries ўз холида,

хозир \slshape қияланган,

янги ўзгартирилгинча;

яна \upshape тўғри.

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:



E’tibor qarating:

1. buyruq \bfseries matn shriftini qalin shriftga o‘tkazadi, buyruq \mdseries qalin shriftni bekor qiladi.

2. buyruq \slshape matn shriftini qiya shriftga o‘tkazadi, buyruq

\upshape qiya shriftni bekor qiladi.

Gruppani qo‘llanishi hujjatda matnlar sonini qaytiradi. Misol:

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш

\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш

\begin {document}

Ярим қорайтирилган шрифт терилган

фақат {\bfseries бу}

сўз; қавсдан кейин хаммаси

олдингидек кетади.

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:



Yarim qoraytirilgan shrift bilan faqat «бу» so‘zi yozilib, undan keyingilari joriy shrif bilan yozilgan.

E’tibor qarating, bu holatda {\bfseries (Yarim qoraytirilgan shrift) bu} faqat « бу» so‘ziga ta’sir etadi. Figurali qavs buyruqni ta’sir doirasini belgilaydi. U hech qanday matnga qo‘shilmaydi, faqat buyruq ta’sir doirasini ko‘rsatadi.

Misol:

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш

\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш

\begin {document}

Бошида {ширифни ўтказамиз

\itshape курсивга;

Кейин шрифни яна

ва {\bfseries ярим қорайтирилган;}

кўринг, қандай тикланади

} шрифт

охирида кон {ца г} руппани.

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:



E’tibor qarating, oldin shriftni kursiv shriftga o‘tkazamiz, keyin shriftni yana qalin shiriftga o‘tkazamiz. Keyin shriftni joriy holatga qaytaramiz. Gruppada faqat «yarim qoraytirilgan;» so‘zi ko‘rsatilgan, shuning uchun faqat «yarim qoraytirilgan;» so‘zigina qalin shrift bilan almashtirilgan.

Nazorat savollari

1. \bfseries buyrug’i vazifasi nima?

2. \mdseries buyrug’i vazifasi nima?

3. \slshape buyrug’i vazifasi nima?

4. \upshape buyrug’i vazifasi nima?

Topshiriqlar

1. «Axborot texnalogiyalari zamon talablari asosida jadal rivojlanmoqda. Bu o’z navbatida zamonni rivojlanishiga olib kelmoqda» matnini tarkibidan «jadal» so’zini shriftini gruppalash asosida o’zgarishini tashkil etish hujjatini tashkil etib natijani tekshirib ko’ring.2. Tashkil etilgan hujattni gruppalangan so’zni shriftini qayta o’zgartirish hujjatini tashkil eting.3. «Axborot texnalogiyalari zamon talablari asosida jadal rivojlanmoqda. Bu o’z navbatida zamonni rivojlanishiga olib kelmoqda» matnini to’laligicha gruppalab shriftini o’zgartirish hujjatini tashkil eting.4. Har bir topshiriqni bajarilish natijasini taqqoslang va taxlil etib gruppalash ishtirok etgan yangi matn tashkil etish hujjatini tashkil eting.

2.3.6. Argumentli buyruqlar

Yuqorida ko‘rib o‘tilgandek, LaTeX buyruqlari argumentli yoki argumentsiz bo‘ladi.

Argumentlar majburiy va majuburiy emas turlariga bo‘linadi. Majburiy (ko‘rsatilishi shart) argumentlar figurali qavs ichida ko‘rsatiladi, agar buyruq majburiy argumentli bo‘lsa. Uni ko‘rsatish shart. Aks xolda tizim xatolik ko‘rsatadi. Majburiy bo‘lmagan argumengtalar buyruqni qo‘shimcha parametrlarini belgilaydi. Ularni tushirib qoldirilsa tizim xatolik ko‘rsatmaydi. Buyruq tizimda belgilangan parametr bo‘yicha (po umalchaniye) ish olib boradi. Majburiy bo‘lmagan argument kvadrat qavs ichida ko‘rsatiladi. Bir nechta argument bitta qavs ichida ko‘rsatilishi mumkin.

Misol uchun, yuqorida ko‘rsatilgandek \documentclass buyrug’ida umumiy ko‘rinishida majburiy va majburiy bo‘lmagan argumentlar ko‘rsatilgan. Biz buyruqda argumentlar bitta qavs ichida vergul bilan ajratilib, bir nechta bo‘lishi mumkin.

Aytaylik 10 o‘rniga 12 kegl kitob betda ikkita kolonka bilan chop etilishini talab etilsin. Bu topshiriqni bajarilishini tashki etish uchun hujjat sinfini belgilovchi buyruqni quyidagicha yozamiz:

\documentclass [12pt, twocolumn] {book}

Umumiy hujjat matni quyidagicha bo‘ladi:

\documentclass [12pt, twocolumn] {article}

\usepackage [T2A] {fontenc} %% shriftni ko’chirishsiz qo’shish

\usepackage [russian] {babel} %% Ingiliz matniga rus shriftini kiritish

\begin {document}

Олдин {шрифтни ўтказамиз

\itshape курсив;

Кейин шрифтни яна ўзгартирамиз

ва {\bfseries ярим қорайтирилган;}

кузатинг, қандай тикланишини

} шрифт

кейин охири {да г} руппа.

Олдинги холатда бўлади.

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:



E’tibor qarating, programma matnni 12 kegl shrift bilan betda ikkita kolonka qilib chiqarmoqda (ikkinchi kolonka joyi turibdi).

 

Nazorat savollari

1. 12 kegl nimani anglatadi?

2. Buyruq argumenti qanday bo’lishi mumkin?

3. Majburiy argument buyruqda qanday ko’rsatiladi?

4. Majburiy bo’lmagan argument buyruqda qanday ko’rsatiladi?

Topshiriqlar

1. «Axborot texnalogiyalari zamon talablari asosida jadal rivojlanmoqda. Bu o’z navbatida zamonni rivojlanishiga olib kelmoqda» matnini shrift o’lchamlarini o’zgartirib chop etilishini tashkil eting.

2. Kiritilgan matn so’zlarini turli o’lchamli va o’lchamli shriflarda chop etishni tashkil eting.

3. Kiritilgan matn so’zlarini turli o’lchamli shriflarda chop etishni gruppalashdan foydalanib tashkil eting.

4. Kiritilgan matn so’zlarini turli o’lchamli shriflarda chop etishni tashkil etishda probellarni boshqarish mexanizimini o’rganing.

3. Hujjat stili

3.1. Hujjat asosiy buyruqlari


\documentclass {article}

Bu buyruq majburiy buyruq hisoblanib, har qanday LaTeX dagi hujjat (dastur) shu buyruq bilan boshlanadi. Buyruq kiritilayotgan hujjut sinfini belgilaydi. Bizni xolatda hujjat sinfi «article» (maqola).

LaTeX buyruqlarida «majburiy (объязательный) ” va «majburiy bo’lmagan (не объязательный) ” argumentlar ishtirok etishi mumkin. Majburiy argument ko‘rsatilishi shart bo‘lgan argument hisoblanib, agar ko‘rsatilmasa tizim xatolik ko‘rsatadi. Majburiy bo‘lmagan argumentdan zarur xolatlarda foydalaniladi. Shuning uchun u ko‘rsatilmasa tizim xatolik bermaydi.

Buyruqni umumiy tarkibi quyidagicha:

\documentclass [options] {class} [release-date]

{class} – majburiy argument bo‘lib, hujjatni (matnni) sinfini belgilaydi. Ko‘rinib turibdiki majburiy argumentlar {} figurali qavsda ko‘rsatiladi.

Hujjatlar sinflari standart quyidagicha bo‘lishi mumkin: article (maqola), proc (ma’ruza), book (kitob), report (hisobot), letter (xat), slides (slaydlar) va boshqalar.

LaTeX kiritilishi rejalashtirilgan hujjatni sinfiga qarab oldindan tizim resurslarni rejalashtiradi (resurslardan foydalanishni).

[options] – majbur bo‘lmagan argument bo‘lib, hujjatni qo‘shimcha parametrlarini kiritishni ta’minlaydi.

Misol:

\documentclass [a4paper,12pt] {article} [2000/05/19]

[a4paper,12pt] – majburiy bo‘lmagan argument, saxifa qog‘oz o‘lchami va shrift o‘lchamini belgilaydi;

[release-date] – majburiy bo‘lmagan argument, hujjatni tayyorlangan yoki redaktorlangan vaqtini belgilaydi.

\usepackage [cp1251] {inputenc}

Bu buyruq «deklaratsiya» xarakteriga ega bo‘lib, hujjat uchun zarur bo‘lgan paketlarni (funksiya, podprogrammalarni) oldindan yuklab qo‘yish uchun qo‘llaniladi. Ko‘pchilik adabiyotlarda uni «preambula» buyrug’i ham deb ataladi. Uni ma’nosi (zagatovka) hujjat uchun tayyorlab olish deb tushiniladi. Buyruq umumumiy ko‘rinishi quyidagicha:

\usepackage [options] {package} [release-date]

[options] – majburiy bo‘lmagan argument bo‘lib, hujjat uchun qo‘shimcha parametrlarni kiritish uchun qo‘llaniladi. Misol uchun bizni xolatda

[cp1251] – argument hujjatda qo‘llaniladigan simvollar kodini ko‘rsatadi.

{package} – majburiy argument bo‘lib, hujjat ni qayta ishlash uchun yuklanishi zarur bo‘lgan paketni ko‘rsatadi. Bizni xolatda:

{inputenc} – paket MS Windows muhitida qo‘llaniladigan shriftlarni 1251 kodirovkasini yuklab olinishini ko‘rsatadi.

\usepackage [T2A] {fontenc} – buyruq ingiliz tilidagi hujjatga rus tilidagi matn qo‘shilishi mumkinligini ta’minlaydi. U babel paketini o‘rniga fontenc (shrift) paketini T2A parametiri bilan yuklanishini ta’minaydi.

T2A – matn xarfini ko‘chirish ta’minlanmagan kodirovkasi.

\usepackage [russian] {babel} – buyruq ingiliz tilidagi matnga rus tili matnni qo‘shish babel paketini russian qo‘shimcha bilan yuklanishini tashkil etadi.

Agar ingiliz tili va rus tili matnlari bitta hujjatda bo‘ladigan bo‘lsa buyruqni quyidagicha ifodalash mumkin:

\usepackage [russian, english] {babel}.

%% – kommentariya qatorini belgilaydi. Shu belgidan keyingi kiritilgan matn kompanovka vaqtida hisobga olinmaydi. U kommentariya vazifasini o‘taydi.

\begin {document} – buyrug’i hujjatdagi matn muhitini (doirasini) boshlanishini belgilaydi.

\end {document} – buyrug’i hujjatdagi matn muhitini tugashini belgilaydi.

Keltirilgan muxitdan tashqarida kiritilgan matnlarni kompanovshik hisobga olmaydi va u to‘g‘risida xatolik bermasligi ham mumkin.

Nazorat savollari

1. Hujjat sarlavhasi deganda nima nazarda tutiladi?

2. Ushbu tizimda maqola qanday belgilanadi?

3. Matn kiritish tizimi qanday quriladi?

4. begin va end qanday maqsadda foydalaniladi?

5. Books nima degani?

Topshiriqlar

1. «LaTeX tizim matematika, kimyo, umuman texnika yo’nlishi maqola, kitob va boshqalarni standart ko’rinishlarda ifodalash uchun yaratilgan. U matematik ifoda, formula tenglamalarni muallif tomonidan kompyuterlarda qayta ishlashni tashkil etish uchun mo’ljallangan. Tizim matn tarkibiga tasvirlarni ixtiyoriy ko’rinisda kiritish, sodda chizmalarni chizish imkoniyatini ham beradi.» matnini article (maqola), proc (ma’ruza), book (kitob) sinflarida o’zgartirib chop etilishini tashkil eting.

2. \documentclass buyrug’idan foydalanib tashkil etilgan matnni shriftini o’lchmini o’zgartirib chop etishga tayyorlang.

3. %% dan foydalanib matn tarkibiga komentariya kiriting.

4. Matin tarkibiga «krill» alifbosida informasiya kiritishni tashkil eting.

3.2. Dasturda kommentariya qo‘shish

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 shrifni ko’chirissiz qo’shish

\usepackage [russian] {babel} %% 3 Ingiliz matniga rus shriftini kiritish

\begin {document}

Комилжон ишга келиб 10—30 да чикиб кетди.

\end {document}

Ekranda ko‘rish quyidagini beradi:

«Комилжон ишга келиб 10—30 да чикиб кетди.»

Ko‘rinib turibdiki, %% belgisidan keyingi yangi kiritilgan matn e’tiborga olinmaydi. U foydalanuvchi uchun kommentariya bo‘lib xizmat qiladi.

3.3. Ingiliz alfabitida matn qo’shish

\documentclass {article} \usepackage [T2A] {fontenc} %% shrifni ko’chirissiz qo’shish\usepackage [russian] {babel} %% 3 Ingiliz matniga rus shriftini kiritish \begin {document} Комилжон ишга келиб 10—30 да чикиб кетди. Ivan come in hose/\end {document}

Hujjat kompanovka qilinib, ko‘rish rejimiga o‘tilsa, ekranda quyidagi xosil bo‘ladi:



E’tibor bering, ingliz alfabitida matn kiritish qo‘shimcha paketlarni yuklashni talab etmaydi. Bizni xolda matn keyingi qatordan davom ettirilgan bo‘lsa xam, LaTeX matnni qatordan davom ettiradi. U matn kiritishdagi qatorlarni e’tiborga olmaydi. Yangi qatordan matnni davom ettirish uchun maxsus buyruqdan foydalaniladi. Bu buyruqni kelgusida o‘rganamiz.

Nazorat savollari

1. Hujjatda komentariya nima ushun kerak?

2. Komentariyani kiritish qanday amalga oshiriladi?

3. Hujjatda buyruqni qaysi simvol bilan boshlaniladi?

4. Deklarasiya buyrug’ini qanday ko’rsatiladi?

Topshiriqlar

1. «LaTeX matnli ma’lumotlarni chop etishgat ayyoralsh, matnli informatsiyalarni qayta ishlash, bir joydan ikkinchi joyga matnli informatsiyalarni o‘zgarishsiz uzatish va saqlash uchun yaratilgan tizimdir. Bu tizimni asoschisi amerikalik matematik va dasturchi Donald Knutdir (Donald E. Knuth).» matnini article (maqola) sinfida chop etilishini tashkil eting.

2. Kiritilgan matn tarkibiga komentariya kiritib hujjat tashkil eting.

3. Kiritilgan matn shriftini o’zgartirib chop etish hujjat tashkil eting.

4. Kiritilgan matn shriftini gruppalab o’zgartirib chop etish hujjat tashkil eting.

3.4. Xatoliklarni kuzatish

Agar hujjatni tayyorlashda xatolikga yo‘l qo‘yilsa bu xaqida kompanovshik xato xabarini beradi. Tizim xatoliklarni kuzatilgan qator, xatolik sababini ko’rsatadi

Misol:


Rasm 3.1. Kuzatilgan xatoliklarni tizimda ifodalanishi.


E’tibor qarating, kuzatilgan xatolik va uni joylashish qatorini kompanovshik kompanovkani borishini ko‘rsatib turuvchi maydonda qizil rangdagi yozuvlar bilan ko‘rsatadi. Bu yerda xatolik turi ham ko‘rsatiladi. Xatolikni bartaraf etilib qayta kompanovka qilinsa kompilyator xatolikni ko‘rsatmaydi:


Rasm 3.2. Kuzatilgan xatolik to’g’irlangan holat.


Ko‘rinib turibdiki, hujjat tayyorlashda xatolik yo‘q.

Nazorat savollari

1. Hujjatda xatoliklar borligi qanday aniqlanadi?

2. Kompanovka nima?

3. Hujjatdagi xatoliklar nimadan iborat ekanligi qanday aniqlaniladi?

4. Otladka deyilganda nimani tushinasiz?

Topshiriqlar

1. «LaTeX matnli ma’lumotlarni chop etishga tayyorlash, matnli informatsiyalarni qayta ishlash, bir joydan ikkinchi joyga matnli informatsiyalarni o‘zgarishsiz uzatish va saqlash uchun yaratilgan tizimdir. Bu tizimni asoschisi amerikalik matematik va dasturchi Donald Knutdir (Donald E. Knuth).» matniga o’zgartirishlar kiritib kompanovka qilish jarayonini kuzating.

2. Kiritilgan matindagi \begin {document} buyrugida “\” simvolini tushirib qoldirib kompanovka jarayonini kuzting. Kuzatilgan xatolikni tahlil eting.

3. Kuzatilgan xatoliklarni bartaraf etish ketma ketligini taxlil eting.

4. Kompanovka jarayonini kuzatish maydonini ekrandan olib tashlash va qayta tiklashni bajarib ko’ring.

5. Internetda matn muharriri tavsifini toping

6. Notepad ++. Uni rasmiy veb-saytidan yuklab oling va shaxsiy kompyuteringizga o’rnating.

7. Notepad ++ va oddiy dastur imkoniyatlarini solishtiring

3.5.Matn terish

3.5.1. Maxsus tipografik belgilar

Ko‘pchilik tinish belgilari (nuqta, vergul, undov, so’roq belgisi va boshqalar.) yaqqol tarzda teriladi: manba matnidagi nuqta, masalan, bosma bo‘yicha tipografik nuqtaga mos keladi. Ushbu bo‘limda maxsus to‘plamni talab qiluvchi belgilar haqida so‘z yuritamiz.

3.5.1.1. Defisi, minus va tire

Yozuv mashinkasiga bosishda bu belgilar tashqi ko‘rinishi bilan farq qilmaydi. Matnga asoslangan nashriyot tizimlarida

hyphen – (ingliz tilida hyphen), qisqa tire – (yen-dash), uzoq tire – (yem-dash) va minus belgi – (e’tibor qarating ular bir biridan farq iladi).

Chiziqcha, qisqa chiziq yoki uzun chiziqni chop etish uchun, manba matnida bitta, ikkita yoki uchta belgini yozishingiz kerak. Rus tilidagi matnlar ko‘pincha «men 2—3 soatda qaytaman» (manba matnida 2 – 3 soatda ko‘rinadi; chiziq atrofida bo‘sh joy yo‘qligini qayd eting) kabi kombinatsiyalarda keng foydalanadi. Rus matnidagi uzun tire odatda bo‘shliqlar bilan o‘rab olingan (an’analarga ko‘ra); ingliz tilida ular odatda bunday qilinmaydi.

Qisqa chiziqdan farqli o‘laroq, minus belgisi faqat matematik formulalarda qo‘laniladi va yuqorida esingizda bo‘lsa, u oddiygina belgi bilan ifodalanadi.

3.5.1.2. Qo‘shtirnoqlar

Yozuv mashinkasidan farqli o‘laroq, maxsus ajratmalarni ochish va yopish uchun turli belgilardan foydalanadi (neytral o‘rniga»). Ingliz tilidagi matnlarda ochuvchi qo‘shtirnoq belgisi kirish matnida ikkita ketma-ket teskari apostrof, yakunlovchi qo‘shtirnoq belgisi esa ikkita apostrof bilan ifodalanadi. Misol:

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc}

\usepackage [russian] {babel}

\begin {document}

The ««definitions’’ are translations

rather than explanations.

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:



Rus tili matnlarida qo‘shtirnoqlar «archasimon» va «tirnoq ko‘rinishida» bo‘ladi.

 

Tex shriftlarining asl to‘plamida bu belgilar yo‘q edi; LaTeX tizimini o‘rnatishda ular qanday ishlatilganligini aniq bilib olishingiz kerak. Ular siz olgan ruslashtirish orqali o‘rnatiladi. Agar matnda qo‘shtirnoq ichidagi qo‘shtirnoq mavjud bo‘lsa, u holda tipografik qoidalarga ko‘ra ichki qo‘shtirnoq tashqi ko‘rinishidan farq qilishi kerak: ingliz matnlarida qo‘sh qo‘shtirnoq tashqarida joylashtiriladi, «va» deb belgilanadi va bitta ichida ‘ va ‘ deb belgilanadi. Misol LaTeX da qo‘shtirnoq \glqq va \grqq buyruqlari bilan amalga oshiriladi.

Misol:

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc}

\usepackage [russian] {babel}

\begin {document}

\glqq Каримов\grqq {} ёки

\glqq каримов\grqq,

қайси бири тўғри?~ – —

сўради.

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:


1  2  3  4  5  6  7  8  9  10  11  12  13  14  15 
Рейтинг@Mail.ru